Yangiliklarga qaytish
30 Iyun, 2026228 marta ko'rilgan

Turon universiteti Andijon filialida magistratura talabalari uchun direktor bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Turon universiteti Andijon filialida magistratura talabalari uchun direktor bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida magistratura bosqichidagi talabalar uchun dolzarb bo‘lgan dastlabki himoya jarayonlari hamda til sertifikatlari masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ochiq muloqot formatida tashkil etilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita rektorga yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, amaldagi tartiblar va kelgusi jarayonlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Bunday uchrashuvlar universitet rahbariyati va talabalar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, dolzarb masalalarga oydinlik kiritish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Fotogalereya · 4 ta rasm

Turon universiteti Andijon filialida magistratura talabalari uchun direktor bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. | Turon University